O‘zbekistonliklar uchun Dubayda vizasiz rejim bekor qilinadimi

eʼlon qilindi
15 ta o'zbekistonlik pichoqbozlik sodir etgan
Dubay
Foto: sedmak / depositphotos.com

Dubay shahrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida pichoqbozlik yuz bergan. Ushbu vaziyat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston diplomatlari Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda BAA tomoni mazkur holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Ayni paytda 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushbu ish doirasida qo‘lga olingan.

Shuningdek, BAA vakillari so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan qonunbuzarlik holatlarining ortib borayotgani ikki davlat o‘rtasida amal qilayotgan vizasiz rejimga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.

Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni xorijda O‘zbekiston sha’ni va obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlarni amalga oshirmaslikka chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonliklar Turkiyadagi soxta ish takliflaridan ogohlantirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek