Pokiston Hindiston bilan urushga tayyor

Pokiston Mudofaa vazirligi Hindiston bilan urushga tayyorligini e’lon qildi. Bu haqda Pokiston mudofaa vazirligi X sahifasida e’lon qildi.
«Rahmat, Modi – sen bizning millatimizni birlashtirding. Urushni xohlaysizmi? Unda boshlang. Pokiston bunga tayyor», – deya bayonot berdi Pokiston Mudofaa vazirligi.
Hindiston kuchlari Leepa vodiysida yengil qurollardan o‘t ochdi. Bunga javoban Pokiston armiyasi og‘ir qurollardan foydalanib, kuchli qarshilik ko‘rsatdi.
Agar Hindiston bizning suvimizni to‘xtatsa, Pokiston Kishanganga to‘g‘onini vayron qiladi,» – deyiladi Pokiston mudofaa vazirligi bayonotlaridan birida.
Shuningdek, Hindistonning Hind daryosi suvlari to‘g‘risidagi shartnoma (IWT) bo‘yicha qo‘ygan qadamidan so‘ng Pokiston Shimla va Toshkent bitimlarini to‘xtatib qo‘yishi mumkinligi haqida manbalar ma’lum qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pokiston xalqaro havo yoʻllari Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirishi haqida xabar bergan edi.