Tikuvchilar Turkiyaga ishga taklif etilmoqda – maosh $650 ga yaqin

eʼlon qilindi
Modelchi va mijoz vakillarini ham
Turkiya
Tikuvchilar Turkiyaga ishga taklif etilmoqda – maosh $650 ga yaqin / Foto: bennymarty / depositphotos.com

Migratsiya agentligi o‘zbekistonlik tikuvchi, modelchi va mijozlar vakillari uchun Turkiya davlatida ish o‘rinlarini taklif etmoqda. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 205 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi $647 – $820 ni (24 850 – 31 500 lira) tashkil etadi. Nomzodlarda Turkiyadan O‘zbekistonga qaytish uchun aviabilet, ishlash uchun ruxsatnoma xarajatlari, yotoqxona, bir mahal ovqatlanish, kasbga yo‘naltirish, ichki transport va sug‘urta kabi imtiyozlar beriladi.

Nomzod hisobidan esa O‘zbekistondan Turkiyaga borish uchun aviachipta va ishchi vizasi xarajatlari qoplanadi.

Ishga qabul qilinadigan nomzodlar 25-yoshdan 50-yoshgacha bo‘lishi, O‘zbekistondan chiqishga yoki Turkiyaga kirishga taqiqi bo‘lmasligi, sohada kamida bir yillik tajribaga egalik, ruhan va jismonan sog’lom bo‘lish hamda sudlanmaganlik talab etiladi.

Oylik maosh quyidagicha:

  • tikuvchi – 24 850 Turk lirasi;
  • modelchi – 31 100 Turk lirasi;
  • mijozlar bilan ishlovchi xodim (ingliz tilini biladigan) – 31 500 Turk lirasi.

Tanlov 28-aprel kuni soat 10:00 da Toshkent shahri Olmazor tumani Sebzor ko‘chasi 313-uy. Toshkent shahar dizaynerlar va texnologlar tayyorlash texnikumi (Sobiq Olmazor yengil sanoat kolleji) va Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy. Buxoro shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazida o‘tkaziladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonlik hamshiralar Qatarga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek