
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekistonning Markaziy Osiyo rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvidagi raisligi doirasida tashkil etildi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtirokchilarga yo‘llagan murojaati o‘qib eshittirildi. Unda mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlash, qo‘shma yondashuvlar ishlab chiqish va ta’sirchan mexanizmlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi doimiy muloqot zarurligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda zamonaviy xavf va tahdidlarga baho berish, terrorizm, ekstremizm, noqonuniy qurol va narkotik savdosi, transmilliy jinoyatchilik hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev va Sergey Lavrov nima haqida suhbatlashganini yozgan edi.