Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish uchun 4,9 mln yevro ajratadi

O‘zbekistonda davlat xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish, ularni yanada samarali va shaffof qilishga qaratilgan yangi loyiha ishga tushirildi. Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligidagi ushbu loyiha, ayniqsa, chekka hududlardagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirishni ko‘zda tutadi.
Loyiha, ayniqsa, qishloq joylarda va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining davlat xizmatlariga qulay va teng sharoitda kirish imkoniyatini yaratishga qaratilgan. U milliy va mahalliy darajadagi davlat muassasalarining salohiyatini oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, xizmatlarni shaffof va samarali qilishni maqsad qilgan.
2029-yilgacha ming nafar xodim maxsus o‘qitiladi, 35 dan ortiq xizmat raqamlashtiriladi hamda 34 ta yangi xizmat burchaklari tashkil etiladi. Bu tashabbus «Yangi O‘zbekiston» taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib, davlat boshqaruvini fuqaroga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeTTB UzCarlsberg’ga $6 mlnlik kredit ajratishi haqida yozgan edik.