Eronning janubidagi Shahid Rajaiy portida kuchli portlash sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Portlash sababi hozircha aniqlanmagan
Shahid Rajaei
Eronning janubidagi Shahid Rajaei portida kuchli portlash sodir bo‘ldi / Foto: Tasnim agentligi

26-aprel, shanba kuni Eronning janubida joylashgan Shahid Rajaiy portida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Tasnim agentligi ma’lum qildi.

Hormozgan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari voqea tush paytida sodir bo‘lganini tasdiqladi, biroq portlash sababi hozircha aniqlanmagan.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, portlash natijasida Bandar Abbos shahri yaqinidagi portdagi ma’muriy bino zarar ko‘rdi. Portlash ovozi Fors ko‘rfazidagi Bandar Abbos shahri va Qeshm orolida ham eshitildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Navoiyazot»da portlash va yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek