iQOO Z10 Turbo Pro’ning barcha xususiyatlari oshkor etildi

eʼlon qilindi
Redmi Turbo 4 Pro bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashadi
iQOO Z10 Turbo
iQOO Z10 Turbo Pro’ning barcha xususiyatlari oshkor etildi / Foto: iQOO

28-aprel kuni taqdimoti bo‘lib o‘tadigan iQOO Z10 Turbo Pro haqida barcha texnik tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma yaqinda chiqqan Redmi Turbo 4 Pro bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashadi, chunki ikkala smartfon ham Snapdragon 8s Gen4 chipseti bilan jihozlangan.

iQOO Z10 Turbo Pro 1,5K o‘lchamli, 144 Gts yangilanish tezligiga ega va miltillashni oldini oluvchi IPS ekran bilan taqdim etiladi. Qurilmaning 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyatori 120 Vt quvvat bilan tezkor zaryadlanadi. Shuningdek, smartfon 7000 mm² maydonli bug‘lanish kamerasi bilan kuchli sovutish tizimiga, ekran osti optik barmoq izi skaneriga va stereodinamiklarga ega, biroq ramkasi plastikdan tayyorlangan. Uning vazni 206 grammni tashkil etadi.

Foto: iQOO

Bundan tashqari, Dimensity 8400 chipsetiga ega bo‘lgan Z10 Turbo modeli ham taqdim etiladi. U 7620 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 90 Vt quvvatga ega bo‘lib, biroz og‘irroq — 212 gramm vaznga ega bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iQOO kompaniyasi hamyonbop narxdagi Z10 va Z10x smartfonlarini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek