
Oʻzbekiston Markaziy banki va valyuta birjasi ma’lumotlariga koʻra, 21 – 28-aprel oraligʻida AQSh dollari, yevro va Rossiya rubli kurslarida sezilarli oʻzgarishlar kuzatildi. Kursiv Uzbekistan sizga haftalik o‘zgarishlarni havola qiladi.
AQSh dollari:
- 21-aprel kuni dollarning rasmiy kursi 26,23 soʻmga pasayib, 12 938,20 soʻmni tashkil etdi.
- 22-aprel kuni dollar yana 28,56 soʻmga tushdi va 12 909,64 soʻm boʻldi.
- 23-aprelda kurs 30,68 soʻmga kamayib, 12 878,96 soʻmga yetdi.
- 24-aprelda esa o‘sishga qaytdi: 11,47 soʻmga oshib, 12 890,43 soʻmni tashkil etdi.
- 25-aprelda dollar 36,74 so‘mga oshib, 12 927,17 so‘mni tashkil etdi.
- 28-aprel uchun esa MB dollarning kursini 12 957,14 soʻm etib belgiladi (+29,97 soʻm).

Dollar haftaning boshida pasaydi, ammo haftaning oxirida keskin o‘sishga qaytdi.
Yevro:
- 21-aprel kuni yevro 33,72 soʻmga pasayib, 14 410,73 soʻmni tashkil etdi.
- 22-aprel kuni 197,32 soʻmga oshib, 14 908,05 soʻmga yetdi.
- 23-aprelda esa 106,26 soʻmga tushib, 14 801,79 soʻmni tashkil etdi.
- 24-aprel kuni yana 80,92 soʻmga pasaydi va 14 720,87 soʻmga yetdi.
- 25-aprelda yevro 3,29 so‘mga tushib, 14 717,58 so‘mni tashkil etdi.
- 28-aprel kuni yevro 15,11 so‘mga tushib, 14 702,47 so‘mni tashkil etadi.

Yevro hafta davomida notekis harakat qildi: dastlab keskin oshdi, so‘ng asta-sekin pasaydi.
Rossiya rubli:
- 21-aprel kuni rubli 1,23 soʻmga oshib, 159,51 soʻmni tashkil etdi.
- 22-aprel kuni yana 0,24 soʻmga koʻtarilib, 159,75 soʻmga yetdi.
- 23-aprel kuni 1,36 soʻmga pasayib, 158,39 soʻmni tashkil etdi.
- 24-aprel kuni esa 2,35 soʻmga pasayib, 156,04 soʻmga tushdi.
- 25-aprelda rubl 0,31 so‘mga tushib, 155,73 so‘mni tashkil etdi.
- 28-aprel kuni rubl 0,83 so‘mga oshib, 156,56 so‘mni tashkil etadi.

Rubl hafta davomida dastlab oz miqdorda oshdi, ammo keyinchalik pasayish tendensiyasiga kirib ketdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Trampning bojlari sabab dunyo boylari milliardlab dollar yoʻqotayotgani haqida xabar bergan edi.