Talabalar uchun moliyaviy savodxonlik forumi bo‘lib o‘tadi

26-aprel kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Global Money Week – 2025 doirasida talabalarga mo‘ljallangan moliyaviy savodxonlik forumi tashkil etiladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va UZCARD tomonidan o‘tkazilmoqda.
Forumda iqtisod va moliya sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, banklar va fintex tashkilotlari vakillari ishtirok etadi. Dasturda interaktiv muhokamalar, amaliy taqdimotlar va zamonaviy moliyaviy texnologiyalar bilan tanishuv rejalashtirilgan.
Tadbir yoshlarda moliyaviy savodxonlikni oshirish va kundalik hayotda ongli moliyaviy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank Finlit.uz nomidan foydalangan firibgarlardan ogohlantirgani haqida xabar bergan edi.