AQShda davlat xizmatchilari Tramp siyosatiga sodiqlik darajasiga qarab baholanadi — WSJ

eʼlon qilindi
2025-yil 1-oktabrdan boshlab federal idoralar yangi tizim asosida ishlay boshlaydi
AQShda davlat xizmatchilari Tramp siyosatiga sodiqlik darajasiga qarab baholanadi. Foto: surangastock

AQSh prezidenti Donald Trampning siyosiy yoʻnalishiga sodiqlik amerikalik davlat xizmatchilarini ishga qabul qilish yoki ishdan boʻshatishda asosiy mezon boʻladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2025-yil 1-oktabrdan boshlab federal idoralar yangi tizim asosida ishlay boshlaydi. Kadrlar siyosatiga nazoratni AQSh hukumati qoshidagi mustaqil organ — Kadrlar federal boshqarmasi amalga oshiradi.

Manbaga koʻra, amaldorlar «qonunlar va prezident siyosatini vijdonan amalga oshirishga» tayyorgarlik darajasi boʻyicha baholanadi.

Nashr yozishicha, bu oʻzgarishlar tadbirkor Ilon Mask boshchiligidagi AQSh hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) faoliyati toʻxtatilishi ortidan amalga oshirilmoqda. May oyidan boshlab, davlat muassasalaridagi kadrlar siyosati ustidan nazorat Kadrlar federal boshqarmasiga oʻtadi.

Shuningdek, Financial Times maʼlumotiga koʻra, DOGE xarajatlarni qisqartirish doirasida mamlakatning asosiy madaniy muassasalariga ham taʼsir oʻtkazdi. Xususan, Milliy sanʼat galereyasini moliyalashtirishni $1 trillionga qisqartirish rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan doimiy yashash huquqidan mahrum boʻlgan OpenAI tadqiqotchisi AQShdan ketgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek