Fargʻonada viloyatida ichimlik va oqova suv narxi oshiriladi

eʼlon qilindi
1-maydan
Fargʻonada viloyatida ichimlik va oqova suv narxi oshiriladi. Foto: Pexels.com

1-maydan Fargʻona viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv xizmatlari uchun yangi tariflar kuchga kiradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq deputatlari viloyat kengashining 24-aprel kuni qabul qilingan qaroriga koʻra, 2025-yil 1-maydan boshlab suv va oqava xizmatlari uchun narxlar quyidagicha belgilanadi:

Ichimlik suvi (1 kub metr uchun):

  • aholi uchun — 3448 soʻm (hozirgi tarif — 2128 soʻm);
  • budjet va boshqa tashkilotlar uchun — 6944 soʻm (hozirgi tarif — 3350 soʻm).

Oqava suvi xizmati (1 kub metr uchun):

  • aholi uchun — 728 soʻm (hozirgi tarif — 504 soʻm);
  • budjet va boshqa tashkilotlar uchun — 1736 soʻm (hozirgi tarif — 870 soʻm).

Qayd etilishicha, narxlar qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) hisobga olingan holda koʻrsatilgan. Rasmiy maʼlumotga koʻra, tariflarning oshirilishi ishlab chiqarish xarajatlari va ish haqi fondining oʻsishi bilan izohlanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-apreldan Samarqandda ichimlik suvi narxi 2800 so‘m bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek