Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga elektron viza olish huquqidan mahrum boʻldi

eʼlon qilindi
eVisa veb-saytida ma'lum qilindi
Руины Дирии — стоковое фото
Foto: swisshippo

Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga sayyohlik elektron vizasini olish imkoniyatidan mahrum boʻldi. Saudiya Arabistonining rasmiy eVisa veb-saytida Oʻzbekiston fuqarolariga onlayn viza olish imkoniyati taqdim etilmayotgani haqida maʼlumot taqdim etilgan.

Foto: sayt skrinshoti

Oldin Oʻzbekiston fuqarolari turizm va Umra maqsadida elektron vizalarni soddalashtirilgan tartibda olish imkoniyatiga ega edi.

Saudiya Arabistoniga eVisa olish imkoniyati 2023-yilda taqdim etilgan boʻlib, oʻsha paytda Oʻzbekistonni oʻz ichiga olgan roʻyxatga yana yettita davlat fuqarolari kiritilgan edi. Natijada eVisa olish imkoniyatiga ega mamlakatlar soni 57 taga yetgan edi.

Oʻzgarishlar sabablari hozircha rasmiy ravishda izohlanmagan. Lekin yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida sodir boʻlgan ommaviy qurolli mushtlashuvdan soʻng 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingani bu qarorga sabab bo‘lgan boʻlishi mumkin.

Maʼlumot uchun, 2025-yilgi haj mavsumida O‘zbekiston fuqarolari uchun 15 ming dona kvota ajratilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tur firmaga aldangan 600 nafarga yaqin Umra ziyoratchisi O‘zbekistonga qaytilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek