Yangiliklar

28-aprel kuni O‘zbekistonda bulutli ob-havo kuzatiladi

Yog‘ingarchilik kutilmaydi
28-aprel kuni O‘zbekistonda bulutli ob-havo kuzatiladi / Foto: Pexels.com

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo asosan biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo ochiq, shamol sharqdan 3-8 m/s esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 36-38° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, shamol 7-12 m/s, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar ehtimoli bor. Harorat 15-20° tunda, kunduzi esa 28-33° atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo ochiq, kuchli shamollar va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° orasida bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, shamol 7-12 m/s, ba’zan 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol kuchayishi va chang-to‘zonlar ehtimoli bor. Harorat tunda 17-22°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, shamol 5-10 m/s. Harorat kechasi 12-17°, kunduzgi 30-35° ni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida esa ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor. Harorat kechasi 12-17°, kunduz 22-27° atrofida bo‘ladi.