Chuvashiya va O‘zbekiston qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi

eʼlon qilindi
2025-yil kuzidan boshlab
Chuvashiya va O‘zbekiston qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi / Foto: UoPeople

Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» ko‘rgazmasi doirasida Chuvashiya Respublikasi Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Chuvashiya rahbari Oleg Nikolaev ma’lum qildi, deya yozmoqda TASS.

Unga ko‘ra, dasturlar to‘rtta yo‘nalishni qamrab oladi: maktab ta’limi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim va qo‘shimcha ta’lim. Mutaxassislar Rossiya va O‘zbekistonda faoliyat yuritishi uchun ikki bosqichli ta’lim tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, madaniy almashinuv ham rivojlantiriladi.

Dasturlarni 2025-yil kuzidan boshlab ishga tushirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ITB O‘zbekistonda 58 ta maktab qurishga yordam berishi haqida yozgan edik.

Shuningdek