Yangiliklar

Donald Tramp AQShda daromad soligʻini qisqartirishga va’da berdi

Bu haqda u o‘zining Truth Social platformasida yozib qoldirdi
Tramp tariflardan zarar ko‘rdi
Donald Tramp AQShda daromad soligʻini qisqartirishni va’da qildi / Foto: Siol.net

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat fuqarolari uchun daromad soligʻi darajasi kamaytirilishi yoki butunlay bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u oʻzining Truth Social platformasida yozib qoldirdi.

«Bojlar amalda kuchga kirgach koʻplab amerikaliklarning daromad soligʻi sezilarli darajada kamayadi, balki umuman bekor qilinadi. Asosiy e’tibor yiliga $200 mingdan kam daromad oluvchi fuqarolarga qaratiladi», – deya ta’kidladi Tramp.

Tramp, shuningdek, AQShda allaqachon katta miqdorda yangi ish oʻrinlari yaratilayotganini, yangi zavod va fabrikalar qurilayotgani yoki qurilishi rejalashtirilayotganini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, Tramp oʻzining iqtisodiy strategiyasida milliy ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va tashqi bojlarni kuchaytirish orqali ichki daromadlarni oshirishni taklif qilmoqda.

Avvalroq Kursiv AQShda davlat xizmatchilari Tramp siyosatiga sodiqlik darajasiga qarab baholanishi haqida xabar bergan edi.