Gullar festivalida Toshkentning qaysi ko‘chalari yopiladi
eʼlon qilindi
29-apreldan 3-maygacha

Toshkent shahrida 29-apreldan 3-maygacha «Toshkent gullari festivali» o‘tkazilishi sababli ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:
- Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentdagi «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasining bir qismi bir oydan ko‘proqqa yopilishi haqida yozgandi.