Hindistonning IndiGO aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni to‘xtatdi

IndiGO aviakompaniyasi Pokiston hind aviakompaniyalari uchun havo hududini yopgani sababli Dehlidan Toshkentga parvozlarni 7-mayga qadar to‘xtatdi. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda.
Aviakompaniya ikki shahar o‘rtasida parvozlarni 2023-yilning kuzida boshlagan. Yo‘lovchilarni tashish uchun esa Airbus A320 samolyotlari ishlatiladi.
Islomobod Kashmirda 20 dan ortiq sayyohlar halok bo‘lgan terakt oqibatida hind aviakompaniyalari uchun o‘z havo hududini yopdi. Hindiston bu voqeada Pokistonni ayblamoqda.
Shuningdek, Hindiston – Pokiston chegarasida harbiylar o‘rtasida otishma bo‘lgan. Islomobod vaziyatni keskinlashtirish uchun emas, biroq Hindistonning harakatlariga xuddi shunday javob berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh Davlat departamenti Hindiston va Pokiston o‘rtasida Kashmirdagi so‘nggi hujumdan keyin yuzaga kelgan keskinlik fonida har ikki davlatni «mas’uliyat bilan» hal qilishga chaqirayotganini bildirgan edi.