Yangiliklar

«Liverpul» muddatidan avval APL chempionligini qoʻlga kiritdi

Umumiy hisobda yigirmanchi chempionlik
«Liverpul» muddatidan avval APL chempionligini qoʻlga kiritdi. Foto: Getty images

Angliya Premyer ligasining 34-turidan oʻrin olgan bahsda «Liverpul» oʻz maydonida «Tottenhem»ni 5:1 hisobida yirik magʻlubiyatga uchratdi va muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Oʻtgan mavsum «Liverpul» bosh murabbiyligiga tayinlangan Arne Slot ilk mavsumdayoq jamoaga oltin medallarni taqdim etdi. Bungacha mersisaydliklarni 9 yil boshqargan Yurgen Klopp faqat bir marta – 2019/2020-yilgi mavsumda jamoani Angliya chempioni qilgan edi.

Foto: Getty images

«Liverpul» joriy mavsumda 34 uchrashuvda 82 ochko toʻpladi. Ikkinchi oʻrinda borayotgan «Arsenal» esa xuddi shuncha oʻyin oʻtkazib, 67 ochkoga ega. Shunday qilib, «Liverpul» chempionlik uchun «Tottenhem»ga magʻlub boʻlmasligi kifoya edi.

Foto: Getty images

Mazkur oʻyinda Muhammad Salah APLdagi 185-golini urib, argentinalik Serxio Agueroni ortda qoldirdi va legionerlar oʻrtasida turnirning eng yaxshi toʻpurari sifatida tarixga kirdi.

Foto: Getty images

Mazkur natija jamoaning umumiy hisobda yigirmanchi va 1992-yilda tashkil topgan APL doirasidagi ikkinchi chempionligi hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Roma» safarda «Inter»ni magʻlub etgani haqida xabar bergan edi.