Sport

«Manchester Siti» finalga chiqdi, Husanov yana maydonga tushirilmadi

2:0 hisobida
Foto: Getty images

Angliya kubogi yarim final bosqichidan oʻrin olgan «Nottingem Forest» va «Manchester Siti» oʻrtasidagi oʻyinda Pep Gvardiola shogirdlari 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, finalga yoʻl oldi.

Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Riko Lyuis «shaharliklar»ning birinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi boʻlimning 51-daqiqasida xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol raqib darvozasini yana bir bor ishgʻol qildi. Mazkur natija oʻyin oxirigacha saqlanib qoldi.

Ushbu bahsda oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov yana zaxirada qoldi. U ketma-ket oltinchi oʻyinda maydonga tushirilmadi. Shu tariqa «Manchester Siti» finalda «Kristal Pelas»ga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Liverpul» muddatidan avval APL chempionligini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.