Oʻzbekiston fond bozori: «Chilonzor Buyum Savdo Kompleksi» aksiyalari 31 foizga oshdi

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 18-apreldan 25-aprelgacha boʻlgan davrda turli dinamikani koʻrsatib, UCI fond indeksi 1,2 foizga oshdi.
Eng katta oʻsishga erishgan kompaniyalar qatoridan «Chilonzor Buyum Savdo Kompleksi» (+31,40%), «OʻzRTXB» (+9,05%) va «Oʻzbekinvest» (+8,00%) joy oldi. Aksiyalari haftani salbiy natija bilan yakunlagan kompaniyalar orasida esa «Oʻzbektelekom» (-7,63%), «Kvarts» (-5,42%) va «Dori-Darmon» (-2,75%) yetakchilik qildi.

Bitimlar soni boʻyicha «Chilonzor Buyum Savdo Kompleksi» (803 ta bitim), «OʻzRTXB» (656 ta) va « Aloqabank» (395 ta) peshqadam boʻldi. Hajm boʻyicha esa «OʻzRTXB» (351,49 mln soʻm), «Universal bank» (251,58 mln soʻm) va «Qizilqumsement» (60,61 mln soʻm) yuqori uchlikni egalladi.
Yuqori likvidli aksiyalardan toʻqqiztasi haftani ijobiy, ikkitasi oʻzgarishsiz, qolgan sakkiztasi salbiy natija bilan yakunladi. Shu davrda fond birjasidagi umumiy savdo hajmi 60,73 mlrd soʻm boʻldi. Birja savdolari soni esa 6,7 mingtani tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Kvarts» va «Oʻzbektelekom» aksiyalari tushgani haqida xabar bergan edi.