Sport

O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi FIFAga kirmaydigan mamlakat bilan o‘ynaydi

Saralash bosqichida
O‘zbekiston o‘smirlar ayollar terma
O‘zbekiston o‘smirlar ayollar terma jamoasi FIFA’ga kirmaydigan mamlakat bilan o‘ynaydi / Foto: UFA

2026-yilning 1 – 18-aprel kunlari Tailand mamlakatida bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo kubogining saralash bahslariga qur’a tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiyatsiyasi ma’lum qildi.

Foto: UFA

O‘zbekiston «C» guruhidan joy oldi hamda Iordaniya, Bahrain va Shimoliy Mariana orollari terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Qayd etish joizki, Shimoliy Mariana orollari terma jamoasi FIFA a’zoligiga kirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi OFK U-20 ayollar Osiyo kubogi Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan Osiyoning 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar milliy terma jamoalari uchun har ikki yilda o‘tkaziladigan xalqaro yoshlar futbol chempionatining 12-chempionati bo‘ladi.

Ilk bor turnirda jami o‘n ikkita jamoa ishtirok etadi va uchinchi o‘rin uchun o‘yin bo‘lmaydi. Musobaqaning eng yaxshi to‘rtta jamoasi OFK vakillari sifatida 2026-yilda Polshada bo‘lib o‘tadigan FIFA U-20 ayollar Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. KXDR amaldagi chempion hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan U17 terma jamoasi Osiyo kubogi g‘olibiga aylangani haqida xabar bergan edi.