Yangiliklar

O‘zbekistonda ishdan bo‘shatish qoidalari soddalashtiriladi

ish
Ish beruvchilar kasaba uyushmasi ruxsatisiz ishdan bo‘shatishlari mumkin
Kasaba uyushmasi
O‘zbekistonda ishdan bo‘shatish qoidalari soddalashtiriladi / Foto: AndreyPopov / Depositphotos

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) deputatlari tadbirkorlik subyektlari xodimlarini ishdan bo‘shatishda qo‘yiladigan ayrim talab va majburiyatlardan ozod qilishni taklif etdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Parlament a’zolari O‘zbekiston Mehnat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat mualliflari korxonalarni ishdan bo‘shatishni kasaba uyushma qo‘mitalari va mehnat inspektorlari bilan muvofiqlashtirishdan ozod qilishni taklif etmoqda.

Korxonalar yarim kunlik ishlaydiganlarga yozma xabar berish va tovon to‘lash talabidan ozod qilinishi mumkin.

Deputatlarning fikricha, o‘zgartishlar xususiy sektorning rivojlanishini tezlashtiradi va yashirin bandlikni qisqartirishga yordam beradi. Hujjat tadbirkorlarning ijtimoiy majburiyatlarini soddalashtirishga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xufiyona faoliyat yuritib, «konvertda» oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytirilishi haqida yozgan edi.