
Rim-katolik cherkovi kardinallari 7-may kuni cherkovning yangi rahbarini tanlash uchun maxfiy saylov o‘tkazadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Sana haqidagi qaror kardinallarning yopiq yig‘ilishida qabul qilingan. Bu yig‘ilish Rim papasi Fransiskning dafn marosimidan keyin birinchi marta o‘tkazilgan.
Saylovda butun dunyodan 135 nafar kardinal ishtirok etishi mumkin. Faqat 80 yoshdan kichiklar ovoz berish huquqiga ega.
Eslatib o‘tkazib, Kursiv Uzbekistan yangi Papa qanday saylanishi haqida maqolasini taqdim etgan edi.