Saudiya Arabistoni va Qatar Suriyaning Jahon bankidagi qarzini to‘lashni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
$15 mln miqdorida
Saudiya Arabistoni va Qatar
Foto: Unsplash

Saudiya Arabistoni va Qatar Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda ikki davlatning qo‘shma bayonotiga tayanib, SPA agentligi xabar bermoqda.

«Saudiya Arabistoni va Qatar moliya vazirliklari Suriyaning Jahon banki oldidagi qariyb $15 mlnlik qarzini to‘lashini ma’lum qildi», – deyiladi bayonotda.

Aprel oyi boshida Jahon banki delegatsiyasi Damashqda Suriya hukumati bilan muzokaralar o‘tkazib, hamkorlikning keyingi istiqbollari va xalqaro sanksiyalar ta’sirini yumshatish yo‘llarini muhokama qilgan.

20-aprel kuni Suriya moliya vaziri Muhammad Yosir Barniya Suriyaning xalqaro moliya tizimiga qaytish istiqbollarini muhokama etish uchun AQShga tashrif buyurish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. U AQShda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining bahorgi yig‘ilishlarida Damashq vakili bo‘lishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Suriya prezidenti mamlakatni islomiy guruh boshqarishi haqida konstitutsiyaga imzo chekkani haqida yozgan edi.

Shuningdek