Shavkat Mirziyoyev «INNOPROM. Markaziy Osiyo» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi — foto

eʼlon qilindi
Rasmiy vakillar bilan suhbatlashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 28-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida ish boshlagan «INNOPROM. Markaziy Osiyo» beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida qatnashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazmada Rossiya, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlardan 10 mingdan ziyod delegatlar ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaning umumiy maydoni 18 ming kvadrat metrdan ziyod va Central Asian Expo Uzbekistan majmuasida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo sanoati, transport, qurilish, IT va boshqa tarmoqlardagi yetakchi korxonalarning texnologik yechimlari, zamonaviy uskunalari va tayyor sanoat mahsulotlari namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir doirasida prezident Rossiya Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, Tatariston Raisi Rustam Minnixanov, «Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev bilan suhbatlar o‘tkazdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Eron portidagi portlash munosabati bilan taʼziya yoʻllagani haqida yozgandi.

Shuningdek