Tijorat banklarining mikroqarz va kredit kartalari bo‘yicha faoliyatiga talab kuchaytirildi

eʼlon qilindi
Tijorat banklarining kredit portfelida mikroqarzlar ulushi 25 foizdan oshmasligi belgilandi
Bank kartasi
Foto: Samsonovs/Depositphotos.com

Markaziy bank qaroriga ko‘ra, tijorat banklarining mikroqarzlar va kredit kartalari faoliyati bo‘yicha yangi cheklovlar joriy qilindi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, mikromoliya banklaridan tashqari, tijorat banklarining kredit portfelida mikroqarzlar ulushi 25 foizdan oshmasligi belgilandi. Shuningdek, kredit kartalari (overdraft) bo‘yicha konsentratsiya koeffitsiyenti ham kredit portfeli umumiy summasining 25 foizi darajasida saqlanishi shart.

Markaziy bank bu ko‘rsatkichlarga to‘liq javob bermaydigan banklarga 2029-yilning 1-yanvargacha muddat berdi. Banklar bu davrda regulyator bilan kelishilgan jadval asosida kreditlar konsentratsiyasi ulushini bosqichma-bosqich kamaytirishi zarur.

«Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi Markaziy bankning makroprudensial vositalarini samarali qo‘llash hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi», – deyiladi xabarda.

Mazkur qaror 24-iyuldan boshlab rasman kuchga kiradi.

Avvalroq «Kursiv» mart oyida «Ipoteka-bank» O‘zbekistondagi banklar orasida muammoli kreditlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni 3,5 trln so‘mni qayd etgani haqida yozgandi

Shuningdek