Avto

UzAuto Motors: Malibu-2 avtomobillari Xitoydan olib kelinmoqda

Kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi videoga rasmiy munosabat bildirdi
Foto: Drive2

Ijtimoiy tarmoqlarda avtovozga ortilgan yangi Malibu-2 avtomobillari aks etgan video tarqaldi. UzAuto Motors rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, video muallifi ushbu avtomobillar Qozog‘istonda qaytarilib, O‘zbekistonga yetkazib berilayotganini aytgan. Kompaniya ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini tasdiqladi.

Malibu-2
Foto: Rasul Kusherbayev Telegram kanali

Shuningdek, tasvirlardagi Malibu-2 avtomobillar partiyasi Xitoydan Qozog‘iston hududi orqali belgilangan tartib-qoidalar asosida O‘zbekistonga olib kelinayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Malibu, Traverse, va Tahoe modellari uchun shartnomalar nega yopilganiga izoh berilgani haqida yozgandi.