
Redmi Turbo 4 Pro smartfoni taqdimotidan bir necha kun o‘tib, Xiaomining 2025-yildagi eng tez ommalashgan smartfoni deya e’tirof etildi. Bu haqda Xiaomitime ma’lum qilmoqda.
Ushbu modelning marketing bo‘yicha menejeri Chjan Yu smartfon modellar orasida eng ko‘p sotilganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfon 2025-yilda barcha Xiaomi smartfonlari orasida ilk kunlarda sotuvlar bo‘yicha rekord o‘rnatgan.
Kompaniya sotuvlar soni haqida aniq ma’lumot taqdim etmagan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu model 24-aprel kuni taqdim etilgan. U quyidagi xususiyatlarga ega.
Xususiyati | Ma’lumotlar |
---|---|
Chipset | Snapdragon 8s Gen4 |
Displey | 6,83 dyuym, IPS, 1.5K o‘lcham, 120 Gts kadr chastotasi |
Maksimal yorqinlik | 3200 cd/m² |
Akkumulyator | 7550 mA/soat, 90 Vatt tezkor quvvatlanish |
Asosiy kamera | 50 megapiksel |
Himoya darajasi | IP69 |
Boshlang‘ich narx (Xitoy) | $255 |
Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi kompaniyasi tomonidan Redmi Turbo 4 Pro smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.