Gadjetlar

Redmi Turbo 4 Pro smartfoni sotuvlar bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni qayd etdi

2025-yilda taqdim etgan barcha smartfonlari orasida

Redmi Turbo 4 Pro smartfoni taqdimotidan bir necha kun o‘tib, Xiaomining 2025-yildagi eng tez ommalashgan smartfoni deya e’tirof etildi. Bu haqda Xiaomitime ma’lum qilmoqda.

Ushbu modelning marketing bo‘yicha menejeri Chjan Yu smartfon modellar orasida eng ko‘p sotilganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfon 2025-yilda barcha Xiaomi smartfonlari orasida ilk kunlarda sotuvlar bo‘yicha rekord o‘rnatgan.

Kompaniya sotuvlar soni haqida aniq ma’lumot taqdim etmagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu model 24-aprel kuni taqdim etilgan. U quyidagi xususiyatlarga ega.

XususiyatiMa’lumotlar
ChipsetSnapdragon 8s Gen4
Displey6,83 dyuym, IPS, 1.5K o‘lcham, 120 Gts kadr chastotasi
Maksimal yorqinlik3200 cd/m²
Akkumulyator7550 mA/soat, 90 Vatt tezkor quvvatlanish
Asosiy kamera50 megapiksel
Himoya darajasiIP69
Boshlang‘ich narx (Xitoy)$255

Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi kompaniyasi tomonidan Redmi Turbo 4 Pro smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.