29-aprel kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi
Sel-suv toshqini xavfi mavjud
29-aprel kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi / Foto: Pexels.com

29-aprel kuni O‘zbekiston hududida ob-havo asosan bulutli bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan esib, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 31-33° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan esib, 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 8-13° kechasi, 15-20° kunduzi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo quruq bo‘lib, shamol kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, shamol kuchayishi va chang-to‘zonlar ehtimoli saqlanib turadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° gacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo ochiq bo‘lib, shamol ba’zan kuchayadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° atrofida bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari xavfi mavjud. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Shuningdek