
Amazon kompaniyasi Florida shtatidagi Kanaveral kosmik stansiyasidan Project Kuiper internet tarmog‘i uchun ilk 27 ta sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur loyiha SpaceX’ning Starlink tarmog‘iga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda.
Kuiper loyihasi doirasida jami 3 236 ta sun’iy yo‘ldosh uchirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Amazon global internet xizmatlarini taqdim etishni maqsad qilgan. Kompaniya 2025-yil davomida yana besh marotaba Kuiper sun’iy yo‘ldoshlari uchirilishini kutmoqda. Agar hammasi rejalashtirilgandek kechsa, Amazon 2025-yil oxiriga qadar mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Amazon rahbari Jeff Bezos Kuiper va Starlink birgalikda bozorda muvaffaqiyat qozonishiga ishonishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei Nvidia’ga raqobatchi sifatida yangi sun’iy intellekt chipini ishlab chiqqani haqida yozgan edik.