Ko‘chmas mulk bitimlari bir chorakda 68 mingtadan oshdi

eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda kuzatilgan eng barqaror o‘sishlardan biridir
Ko‘chmas mulk bitimlari bir chorakda 68 mingtadan oshdi / Foto: Property

2025-yil mart oyidagi tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab ko‘chmas mulk bozorida amalga oshirilgan bitimlar soni 68,4 mingtaga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga oshgan, deya ma’lum qilindi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisobotida.

Unga ko‘ra, 2025-yilning birinchi choragida respublikaning hech bir hududida savdo hajmi kamaymagan. Mart oyida tuzilgan bitimlar soni 20,4 mingta bo‘lib, bu fevral oyiga nisbatan 8,8% kam. Shu bilan birga, o‘tgan yilning martiga nisbatan bitimlar soni 15%ga, chorak yakunlariga ko‘ra esa 10,8%ga oshgan.

Jizzax va Navoiy viloyatlarida faollik sezilarli darajada o‘sgan bo‘lsa, Toshkent shahrida uy-joy narxlarida pasayish kuzatildi. Ikkilamchi bozor narxlari o‘rtacha 0,6%, birlamchi bozor narxlari esa 0,4%ga kamaygan. Eng katta tushish Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida qayd etilgan.

Ijaraga berilayotgan uy-joylar narxi esa o‘zgarishsiz qolgan – o‘rtacha $8. Shu bilan birga, yil davomida ijarada ham 7,4 foizlik tushish qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulkidan samarali foydalanish tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek