
Lynk & Co brendi tomonidan Lynk & Co 900 avtomobili Xitoy bozorida taqdim etildi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda. Avtomobil Li Auto L9, Aito M9, BMW X7 va Mercedes-Benz GLS kabi mashinalarga raqobatchi sifatida ishlab chiqilgan.

Avtomobil uch xil kuch tizimi bilan taklif etiladi.
| Versiya | Dvigatel | Elektromotorlar soni | Umumiy quvvat (ot kuchi) | 0–100 km/soat tezlanish | Batareya sig‘imi (kWh) | Narxi (dollarda) | 
|---|---|---|---|---|---|---|
| Oddiy versiya | 1.5L turbo benzinli | 2 ta | 721 ot kuchi | 4.8 soniya | 44.85 | $42,586 | 
| O‘rta versiya | 2.0L turbo benzinli | 2 ta | 734 ot kuchi | 4.6 soniya | 44.85 | $43,386 | 
| Premium versiya | 2.0L turbo benzinli | 3 ta | 857 ot kuchi | 4.3 soniya | 52.38 | $46,186 | 

Texnik xususiyatlari:
| Parametr | Ma’lumot | 
|---|---|
| Platforma | SPA Evo | 
| O‘rindiqlar soni | 6 ta | 
| G‘ildirak tizimi | To‘liq g‘ildirakli (AWD) | 
| Dvigatel turlari | 2.0L benzin + elektromotorlar / 1.5L benzin + elektromotorlar | 
| Ot kuchlari | 857, 734 va 720 ot kuchi | 
| Elektromotorlar soni | 2 yoki 3 ta | 
| 0–100 km/soat tezlanish | 4,3 — 4,8 soniya | 
| Maksimal tezlik | 240 km/soat | 
| Displeylar | 2 dona 30 dyuymli 6K ekran + 12,66 dyuymli raqamli panel | 
| Protsessor | Snapdragon 8295 | 
| Yoritish tizimi | 10 192 dona LED chiroqlar, interaktiv animatsiyalar bilan | 
| Avtonom haydash tizimi | Lidar, radarlar, ultratovush sensorlar, kameralar bilan | 
| Boshqaruv chipi | Nvidia Drive Thor yoki Orin-X | 
| Ichki yoritish | 256 rangli RGB | 
| O‘rindiqlar funksiyasi | 180° aylanish, isitish, massaj | 
Avtomobilning narxi konfiguratsiyasiga qarab farqlanadi. Oddiy versiyasining narxi $42 mingdan boshlanadi. Ommaviy ishlab chiqarish 2025-yilning may oyidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BYD kompaniyasi Denza N9 modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.
 
                                                             
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                     
                    