Banklar va moliya

Markaziy bank bank o‘tkazmalari ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonda tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
Yirik bank o‘tkazmalari nazorati qachondan joriy etiladi / Foto: Unsplash

O‘zbekiston Markaziy banki yirik bank o‘tkazmalari ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Sodir Meliboyev ma’lum qildi.

To‘lov xizmatlarini tartibga soluvchi va bu boradagi huquqbuzarliklar profilaktikasini joriy qiluvchi qonun qabul qilinishi kutilmoqda.

Onlayn to‘lovlar bilan firibgarlik holatlari kuchayib borayotgan bir sharoitda firibgarlikka qarshi kurash va foydalanuvchilarni aniqlashning biometrik tizimlarini joriy qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Tartibga soluvchi to‘lov bozori ishtirokchilari uchun qoidabuzarliklarni uchta: qo‘pol, jiddiy hamda xavf katta bo‘lmagan toifalarga ajratish niyatida. Ulardan kelib chiqib, qoidabuzarlarga nisbatan jazo choralari qo‘llaniladi.

Meliboyev regulyator iste’molchilarni himoya qilish uchun qo‘shimcha vakolatlar olishini qo‘shimcha qilgan. Biroq u Markaziy bank vakolatlari kengaytirilishi tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Markaziy bank qaroriga ko‘ra, tijorat banklarining mikroqarzlar va kredit kartalari faoliyati bo‘yicha yangi cheklovlar joriy qilingani haqida yozgan edi.