Yangiliklar

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Pedagogika yo‘nalishida sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi
Foto: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Facebook sahifasi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, universitet respublika bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlashda yetakchi oliy ta’lim tashkiloti bo‘ladi.

Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilidan yangi universitetning boshqaruv tizimi Yangi O‘zbekiston universiteti tajribasi asosida takomillashtiriladi.

Shu bilan birga, hozirda mavjud 14 ta fakultet maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari yo‘lga qo‘yiladi. Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1-bosqichdan xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Avvalroq «Kursiv» Yangi O‘zbekiston universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etilishi haqida yozgandi.