Nogironligi bor shaxslarni ishga olgan korxonalarga 500 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

eʼlon qilindi
Soliq imtiyozlari ham beriladi
Nogironligi bor shaxslarni ishga olgan korxonalarga 500 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi / Foto: Facebook

Davlat rahbariga taqdim etilgan axborotga ko‘ra, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida kambag‘al oilalarni uch toifada ajratib, har biriga individual reja asosida yordam ko‘rsatish taklif qilinmoqda.

Ushbu oilalarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat va imtiyozlar taqdim etiladi. Farzandlari maktabdagi uzaytirilgan guruhlarda bepul ta’lim oladi, a’lo bahoga o‘qiganlar esa bepul oromgohlarga yuboriladi. A’lochi talaba-qizlarga esa ikki baravar stipendiya ajratiladi.

Nogironligi bor shaxslar uchun esa bandlikni ta’minlovchi yangi mexanizmlar joriy qilinadi. Ularni ishga olgan korxonalarga soliq imtiyozlari beriladi, shuningdek, 500 mln so‘mgacha subsidiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.

«Faol hayotga qadam» dasturi orqali parvarishga muhtoj fuqarolarga uyda xizmat ko‘rsatish, sog‘lig‘ini tiklash va kasalliklarning oldini olishga yo‘naltirilgan xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek