Yangiliklar

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda dron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

2025-yil oxirigacha ishga tushiriladi
Dron ishlab chiqarish
Fuqarolik dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi / Foto: «Транспорт будущего»

Rossiyaning «Transport budushyego« kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Yuriy Kozarenkoga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

Dron ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi allaqachon boshlangan. U 2025-yil oxirigacha ishga tushiriladi. Transport of the Future ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya mahsulotlariga bo‘lgan talab yiliga $100 mlndan oshadi. O‘zbekistonda yig‘ilgan dronlarni mamlakat ichki bozoriga yetkazib berish, shuningdek, Rossiyaga eksport qilish rejalashtirilgan.

Birinchi bosqichda O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi qariyb 50 foizni tashkil etadi. Kompaniya rahbariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘n minglab dronlarni bozorga samarali integratsiyalash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari Transafg‘on temir yo‘lini loyihalashda ishtirok etishi haqida yozgan edi.