Tailandga kirish tartibi o‘zgardi
eʼlon qilindi
Maxsus platformadan ruxsatnoma olinadi

Tailand qirolligi Tashqi ishlar vazirligi 2025-yil 1-maydan boshlab yangi tartib joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ma’lum qildi.
Endilikda mamlakatga kiruvchi barcha chet el fuqarolari, shu jumladan, o‘zbekistonliklar ham safar sanasidan 3 kun oldin Thailand Digital Arrival Card (TDAC)ni maxsus platforma — tdac.immigration.go.th orqali rasmiylashtirishlari shart bo‘ladi. Tailandga borishni rejalashtirayotgan fuqarolar ushbu yangilikni inobatga olishlari so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolari uchun BAAga kirishdagi vizasiz rejim o‘z kuchidaligi haqida yozgan edik.