Yangiliklar

Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi

Yangi elchi tayinlandi
Gretsiya elchisi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Toshkent shahrida Gretsiya elchixonasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Vazir Gretsiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Paraskevi Tzevelekdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgan. Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorliklarni kengaytirish muhokama qilindi.

«Toshkent shahrida Gretsiya elchixonasining ochilishini olqishlaymiz va bu qadam mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi deb ishonamiz», – deya yozgan Baxtiyor Saidov.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekistonning Estoniyaga tayinlangan yangi elchisi Timur Rahmonov 16-aprel kuni ushbu davlat prezidenti Alar Karisga ishonch yorliqlarini topshirgani haqida yozgan edi.