Vengriya parlamenti Xalqaro jinoyat sudidan chiqishni ma’qulladi

Vengriya parlamenti mamlakatni Xalqaro jinoiy sud (XJS) yurisdiksiyasidan olib chiqish uchun ovoz berdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi.
XJSdan chiqish to‘g‘risidagi qonun loyihasining tashabbuskori mamlakat hukumati edi. 2024 yil noyabr oyida sud Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olishga order berdi. Vengriya rahbariyati bu qarorni tanqid qildi va keyinroq Isroil bosh vaziri rasmiy tashrif bilan mamlakatga safar qildi.
Qonuniy jihatdan respublika BMTni o‘z qarori to‘g‘risida xabardor qilganidan keyin bir yil o‘tib sud yurisdiksiyasini tark etadi. Siyarto xalqaro sudni xolislik va obro‘sini yo‘qotgan siyosiylashgan tashkilot deb atagan.
XJS Isroil rahbarini urush qoidalarini buzganlikda ayblaydi. Sud Isroil bosh vaziridan tashqari, Isroil sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olishga qaror qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh prezidenti Donald Tramp Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha order chiqarilgani sababli sudga qarshi sanksiyalar kiritish haqida farmon imzolagani haqida yozgan edi.