1–2-may kunlari tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin — «O‘zgidromet»

eʼlon qilindi
«O‘zgidromet» xabar qildi
Foto: Gorazarre / depositphotos.com

O‘zbekistonning bir qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida 1–2-may kunlari yog‘ingarchiliklar kutilayotganligi sababli sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar qildi.

Sel xavfi quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat va Xonabod shahri.

Yog‘ingarchiliklar natijasida yomg‘ir suvlari to‘planib, ayrim hududlarni suv bosishi mumkin. Fuqarolarga, ayniqsa tog‘li hududlarda yashovchi aholiga, dam oluvchilarga va haydovchilarga ehtiyotkorlikni kuchaytirish tavsiya qilinmoqda.

Avvalroq «Kursiv» 30-aprel O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.

Shuningdek