30-aprel O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfi bor
30-aprel O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Pexels.com

30-aprel kuni O‘zbekiston hududlarida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi. Aksariyat viloyatlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–16°, kunduzi 26–28° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 18–23° bo‘ladi.

Buxoro viloyatida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10–15°, kunduzi 23–28° bo‘ladi.

Navoiy viloyatida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s, ba’zida 15–20 m/s gacha kuchayadi. Chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10–15°, kunduzi 23–28° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 7–12 m/s, ba’zida 15–20 m/s gacha kuchayadi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat kechasi 13–18°, kunduzi 25–30° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ba’zida 15–20 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 28–33° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida Havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 28–33° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqinlari xavfi mavjud. Shamol 7–12 m/s, ba’zida 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 18–23° bo‘ladi.

Shuningdek