
Avtomobillar kun sayin yanada «aqlli» bo‘lib bormoqda. Haydovchilar qulaylik uchun ishlab chiqilgan turli yordamchi tizimlar bilan ta’minlanmoqda. Biroq bunday funksiyalarning barchasi ham foydalanuvchilarga yoqavermaydi. Threads ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari haydovchilarni eng ko‘p bezovta qiladigan avtomobil funksiyalari haqida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Butun dunyodagi avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z modellarini «aqlli» variantlar bilan jihozlash uchun raqobatlashmoqda. Ammo ma’lum bo‘lishicha, amalda ularning hammasi ham egalarini quvontirmaydi.
Eng ko‘p aytib o‘tilgan variantlardan biri past harorat haqida ogohlantirishdir. Misol uchun, BMW modellarida +3 °C ga yetganda panel o‘tkir ovozli signal chiqaradi.
«Ovoz xuddi chek chiqayotgandagidek. Har safar meni titratadi», – deb shikoyat qiladi so‘rovnoma ishtirokchilaridan biri.
Multimediali tizimlar ham anchagina e’tirozlarga sabab bo‘ldi, chunki ba’zida ular tushunarsiz mantiqqa asoslanib ishlaydi. Izoh qoldirganlardan biri o‘zining Mazda avtomobilida radioni o‘chira olmasligini aytgan.
«Tinchlik bo‘lishi uchun telefondan musiqa qo‘shimizga to‘g‘ri keladi. Balki biz nodonmizdir, lekin rostdan ham bu qanday ishlashini tushunmayapmiz», – deya fikr qoldirgan.
Odamlar tomonidan berilgan antireytingning keyingi o‘rinida harakatlanish yo‘lini saqlash tizimi qayd etildi. Haydovchilarning aytishicha, belgilanmagan yo‘llarda bu xavfli bo‘lishi mumkin.
«Mashina sizni ariqqa haydashga undaydigan holatlar ham bo‘lmoqda», – deya fikr bildirgan so‘rovnoma ishtirokchilaridan beri.
Svetoforlarda dvigatelni o‘chiradigan start-stop tizimi ham norozilikni keltirib chiqaradi. Rossiyalik foydalanuvchining ta’kidlashicha, yangi BMW mashinalarida ushbu funksiyani o‘chirish uchun xizmatlar taxminan 1 ming rubl (158 ming so‘m) atrofida bo‘ladi.
«Mashinaning o‘zini o‘chirmaslik uchun pul to‘laysiz», – deya u kinoya bilan fikr bildirgan.
Yomg‘ir sensori funksiyasi ham juda ko‘p tanqid olgan. Avtomatik tizimlar har doim ham yog‘ingarchilikning intensivligini to‘g‘ri sezmaydi, bu esa o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida haydovchilarni bezovta qiladi.
«Yomg‘ir unchalik kuchli emas, lekin tozalagichlar allaqachon ishlash rejimida. Buni sozlashning iloji yo‘q», – deb shikoyat qiladi haydovchi.
Avtomatik parkovka haqida haydovchilar ham shubha bilan qarashadi. Funksiya yordam sifatida e’lon qilingan bo‘lsa-da, ko‘pchilik o‘z ko‘ziga tayanib, undan foydalanmaydi.
«Men mashinani tezroq chiqib ketish uchun qulay joyga qo‘yaman», – deydi haydovchilardan biri.
Ushbu so‘rovnoma transport vositalarining hammasi uchun tegishli emas. Albatta, siz o‘z boshqaruvingizdagi avtomobilning yo‘riqnomasi bilan to‘liq tanishib chiqishingiz shart. Qo‘shimcha funksiyalardan foydalanishda yuzaga keladigan muammolar bo‘yicha kompaniya servis xizmatiga murojaat qilish maqsadga muvofiq.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Gentra va Cobalt yordamida pul topish yo‘llari haqida maqola e’lon qilgan edi.