
Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro ko‘rgazmasida Krasnodar o‘lkasi vakillari qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish uchun sanoat klasterini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzoladilar. Bu haqda Tass nashri ma’lum qildi.
Ushbu loyiha doirasida Rossiya, O‘zbekiston va Bashqirdiston korxonalari ishtirok etadi.
Krasnodar o‘lkasi vitse-gubernatori Aleksandr Ruppelning ma’lum qilishicha, klasterning asosini «Promagrotexnologiyalar» zavodi tashkil qiladi va u o‘zbek va bashqird kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Maqsad — qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida birgalikda ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish va kuchlarni birlashtirish.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida «ATISS» kompaniyasi va O‘zbekistonning Industrial Group Energy East kompaniyasi o‘rtasida raqamli yechimlar va robotizatsiyani ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Innoprom ko‘rgazmasida nimalar taqdim etilgani haqida yozgan edik.