Meta yangi AI sun’iy intellekt ilovasini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
OpenAI va Google kabilarga raqobatchi sifatida
Meta yangi AI ilovasini ishga tushirdi / Foto: Meta AI

Facebook, Instagram, WhatsApp va Messenger’ning egasi Meta kompaniyasi o‘zining sun’iy intellekt yordamchisi – Meta AI uchun alohida ilovani taqdim etdi.

Ushbu ilova foydalanuvchining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati asosida shaxsiylashtirilgan javoblar beradi.

Meta AI yordamchisi ilg‘or Llama 4 modelida ishlaydi va OpenAI hamda Google kabi raqobatchilarga qarshi yaratilgan. Ilova Meta’ning AI ko‘zoynaklari bilan ham uyg‘unlashtiriladi.

Shuningdek, kompaniya ilk bor LlamaCon nomli AI anjumanini o‘tkazmoqda va yaqin orada chat-boti uchun pullik obuna sinovini boshlaydi. Meta sun’iy intellekt sohasidagi raqobatda o‘z mavqeyini mustahkamlashga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Grok AI yangi Voice with Vision funksiyasini taqdim etgan edi.

Shuningdek