Nyu-York–Toshkent charter reysi orqali fuqarolar vatanga qaytarilmoqda

eʼlon qilindi
Noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolar uchun
Nyu-York–Toshkent charter reysi orqali fuqarolar vatanga qaytarilmoqda / Foto: TIV matbuot xizmati

30-aprel kuni AQShda noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun Nyu-York – Toshkent yo‘nalishida maxsus charter reysi tashkil etiladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur tashabbus migratsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. Repatriatsiya jarayoni inson huquqlari va xalqaro me’yorlarga rioya qilingan holda, fuqarolarning xavfsiz va munosib qaytishini ta’minlashga qaratilgan.

Tashkilot ishlariga O‘zbekiston va AQShning konsullik hamda migratsiya xizmatlari jalb qilingan bo‘lib, barcha chora-tadbirlar qonunchilik asosida olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Tramp 1 mln muhojirni deportatsiya qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek