O‘zbekistonda turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi

eʼlon qilindi
Uch turdagi faoliyat litsenziya o‘rniga xabarnoma shakliga o‘tkazilmoqda
turagentlik faoliyati
O‘zbekistonda turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi / Foto: depositphotos.com

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilingan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, endilikda turagentlik faoliyati uchun litsenziya talab etilmaydi.

2024-yilda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi doirasida jami 13 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinmoqda, shuningdek, uch turdagi faoliyat litsenziya o‘rniga xabarnoma shakliga o‘tkazilmoqda.

Turizm sohasidagi muhim o‘zgarishlardan biri sifatida, endi turagentliklar faoliyatni boshlash yoki tugatish haqida xabarnoma yuborish bilan kifoyalanadi. Bu esa litsenziya olishdagi byurokratik bosqichlarni bartaraf etish va ish boshlashdagi soddalikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Mazkur qonun Senat tomonidan ma’qullanib, prezident tomonidan imzolangach rasmiy manbalarda e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ayrim tur agentliklarining Umra tadbiri bo‘yicha e’lonlarda qonun buzgani aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek