Yangiliklar

Prezident xalqaro sport rahbarlarini qabul qildi

Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Prezident xalqaro sport rahbarlarini qabul qildi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon suzish federatsiyasi rahbari Husayn al-Musallam va Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniyni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda sport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Qatarning salomi va tilaklari yetkazildi. Suv sportlari, mutaxassislar tayyorlash va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha rejalar belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yer hisobi va kadastr tizimiga 42 mln gektar maydon ro‘yxatga olingani haqida xabar bergan edik.