
Pokiston razvedka xizmati Hindistonning tez orada harbiy harakatlarni boshlash niyati haqida ma’lumotga ega ekanini aytgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Islomobodning fikricha, Hindiston harbiylari yaqin bir necha kun ichida Pokistonga zarba berishi mumkin.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar joriy yilning aprel oyida Kashmirda terrorchilarning sayyohlarga hujumidan so‘ng keskinlashdi. Hindiston rasmiylariga ko‘ra, hujum qilganlar orasida Pokiston fuqarolari ham bo‘lgan. Islomoboddagilar teraktga aloqador emasliklarini aytgan va hodisani tergov qilishga chaqirgan.
Ma’lum qilinishicha, Hindiston va Pokiston harbiylari chegarada otishmalar olib bormoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hindistonning IndiGO aviatashuvchisi Toshkentga parvozlarni to‘xtatgani haqida yozgan edi.