Rossiya urushdagi yetimlarga boshpana bergan o‘zbeklardan minnatdor — «Rossotrudnichestvo»

eʼlon qilindi
Rossiya tomoni oʻzbek faxriylari haqida film suratga oladi
Ikkinchi jahon urushi haqida film suratga olinmoqda / Foto: Unsplash

«Rossotrudnichestvo» rossiyaliklar Ikkinchi jahon urushi yillarida yetim bolalarni o‘z bag‘riga olgan O‘zbekiston aholisining mehribonligini qadrlashini ma’lum qildi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Ikkinchi jahon urushi haqida film suratga olinmoqda. Unda o‘zbekistonlik faxriylar va konsentratsion lager asirlari ham urush haqidagi hujjatli filmda o‘z hikoyalarini aytib berishadi. Hozirda suratga olish ishlari olib borilmoqda.

«Biz uni «G‘alaba yuzlari» deb nomladik. Qanday qilib O‘zbekiston blokada bolalari uchun ikkinchi vatanga aylangani haqida hikoya qilinadi. Bizda 20 ga yaqin kishi qatnashadi», — dedi «Rossotrudnichestvo»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya.

Tashkilot Toshkent shahar tibbiyot boshqarmasi bilan birgalikda poytaxtdagi faxriylarni ko‘rikdan o‘tkazadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakatimiz 1,5 mln kishiga boshpana berdi. Ularning 200 mingdan ortig‘i yetimlar edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali ta’sis etilganini yozgan edi.

Shuningdek